So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

05 sen 07:32
Yangiliklar

Taekvondo, Fotogalereya

Poytaxtimizda "Butunjahon taekvondo kuni"ga bag'ishlangan festival o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Taekvondo
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida 4 sentyabr – "Butunjahon taekvondo kuni" tadbirlari tashkil etildi.

Jumladan, poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida "Butunjahon taekvondo kuni" munosabati bilan festival o'tkazildi. 

Mazkur sana munosabati bilan Toshkent shahrida o'tkazilgan festivalning ochilish marosimida O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev, mamlakatimizda xizmat ko'rsatgan murabbiy Aleksandr Kim, jahon chempioni Dmitriy SHokin so'zga chiqib, yurtimizda taekvondo WT sport turi yil sayin jadal ommalashayotgani, buning natijasida o'zbekistonlik taekvondochilar bir qator nufuzli turnirlarda g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olayotgani, yosh sportchilarning ulkan marralarni zabt etishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilganini takidladi. SHuningdek, festival qatnashchilarini "Butunjahon taekvondo kuni" munosabati bilan qutladi.

– "Men taekvondo WT sport turi bilan shug'ullanayotganimdan beri o'zimda ishonch, ruhan tetiklik hislarini sezmoqdaman. Sport mening hayotimning ajralmas qismiga aylangan. Hozirda Yashnabod tumanidagi "Leesteam" sport klubida shug'ullanyapman. Orzuim - jahon chempioni bo'lish. Bugungi festivalda taniqli sportchi va murabbiylarni ko'rib quvondim va ular kabi yuqori natijalarga erishishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ydim", – dedi Zulayho Turg'unboeva. 

Ko'tarinki ruhda kechgan festivalda yosh sportchilar tomonidan ko'rgazmali chiqishlar amalga oshirildi. Festival so'nggida barcha ishtirokchilarga O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshilirdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing