27 iyu 20:44
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Poytaxtimizda velotrek bo'yicha Respublika ochiq chempionati start oldi
Toshkent shahridagi velotrek majmuasida sportning ushbu yo'nalishi bo'yicha Respublika ochiq chempionati boshlandi.
			Reglamentga ko'ra, mazkur musobaqa erkaklar va ayollar, shuningdek, 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilmoqda.
Turnir orqali murabbiylar shtabi terma jamoa uchun nomzod sportchilarni yana bir karra saralab olish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi. 28 iyun kuni nihoyasiga etadigan turnirda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 100 dan ziyod sportchilar bahs olib borishmoqda.
Takidlash joiz, ushbu chempionat yakuniga etgach terma jamoamiz vakillari Farg'ona viloyatiga yo'l olishadi. Sportchilarimiz u erda 5 iyuldan 25 iyulgacha o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tab qaytadilar.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar