28 apr 17:04
Yangiliklar
Poytaxtimizda yigirma ikki mamlakatdan tashrif buyurgan konkur ustalari bellashmoqda
120 va 140 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bo'yicha tezkorlikka asoslangan dasturlar musobaqani ochib berdi.
Bugungi bellashuvlarning eng katta dasturida “Quintus HB” tulporida ishtirok etgan mahoratli chavandozimiz Nurjan Tuyakbaev g'alaba qozondi. Jahon kubogining final bosqichi ishtirokchisi unda 78,7 soniya qayd etdi. Ikkinchi o'rin “Champions League” tulporida harakat qilgan Xurshidbek Alimjonovga nasib etgan bo'lsa, qirg'izistonlik Rinat Galimov “Turon” oti bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Qayd etish joiz, mazkur musobaqada Evrosiyo ligasiga kiruvchi 11 mamlakatdan tashqari Qatar, Franciya, Niderlandiya, Turkiya, Litva, SHveycariya kabi jami 22 davlatdan tashrif buyurgan chavandozlar ishtirok etishmoqda. Ertaga bo'lib o'tadigan bahslarda musobaqa tarixida ilk bor jamoaviy yo'nalishda ham g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Fikrlar