24 iyu 16:40
Yangiliklar
President's Cup. Humoyun Sultonov g'alaba bilan boshladi
Mukofot jamg'armasi 40 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning saralash bahslarida uch nafar tennischimiz Denis Istomin, Sanjar Fayziev va Mustafo Do'stov ilk davradayoq mag'lubiyatga uchragan edi.
Quvonarlisi, ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov asosiy to'r bahslaridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Dunyoning 548-raketkasi bo'lib turgan Sultonov reytingning 668-pog'onasidan joy olgan yaponiyalik SHuichi Sekiguchini 7/6(5), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Har ikkala tennischi ham 5 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Kunchiqar yurt tennischisida ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Xumoyuning ikkinchi davradagi raqibi keyinroq malum bo'ladi.
Fikrlar