23 iyu 16:09
Yangiliklar
President's Cup. Istomin 1345-raketkaga yutqazdi, Do'stov ham
Mukofot jamg'armasi 40 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada uch nafar tennischimizning ham o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgani haqida xabar bergan edik. Sanjar Fayziev 2 soatu 3 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik Aleksandr Zgirovskiyga 6/4, 1/6, 2/6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Fayzievdan keyin uzoq yillar mamlakatimizning birinchi raketkasi bo'lib kelgan Denis Istomin hamda yosh tennischimiz Mustafo Do'stov ham mag'lubiyatga uchrab, muxlislar safidan joy oldi.
Dunyoning 740-raketkasi bo'lib turgan Istomin saralash bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan qozog'istonlik Arslanbek Aytkulovga 2/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Aytkulov ATP reytingida 1345-pog'onada bormoqda. Denis esa saralashning 8-raqamli tennischisi sifatida saralangan edi.
ATP reytingining 1552-pog'onasidan joy olgan Mustafo Do'stov esa dunyoning 665-raketkasi, hindistonlik Niki Punachaga 3/6, 2/6 hisobida mag'lub bo'ldi. Do'stov birinchi setning uchinchi geymidan so'ng 3/0 hisobida oldinga chiqib ham olgandi.
Fikrlar