So’nggi yangiliklar

19:30Ўз оёғига ўзи "болта урганлар" ёхуд Мадридда "кетмони учмаган" юлдузлар 0 19:05Фьюри Усик билан реваншдан сўнг Жошуа билан жанг қилишга рози бўлди 0 18:42Волкановски Перейра - Прохазка жанги учун тахмин билдирди 0 18:21Расман: UFC 306 турнири анонс қилинди 0 18:00"Милан" Лукаку трансфери устида ишламоқда 0 17:38Энтони Жошуа собиқ боксчилар учун қариялар уйи очмоқчи 0 17:17Стрикленд Уиттакер билан жангга рози бўлмаганини айтди 0 16:55"Камарни ҳимоя қилмасангиз - уни олиб қўйишади". Жошуа Усикнинг камари олиб қўйилишига муносабат билдирди 0 16:32Шомуродов? Париж Олимпиадасида Ўзбекистон таркибида ёши катта футболчилардан кимлар қатнашиши маълум 0 16:10Алекс Перейра: "Менимча Прохазка қўрқмоқда" 0 15:48"Агар менда ҳам жароҳат бўлганида Конор каби иш тутган бўлардим" - Диаз 0 15:25Леон Эдвардсни мағлуб этиши мумкин бўлган ягона жангни номи айтилди 0 15:03Сречко Катанец: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишонаман" 0 14:41Магомед Анкалаев Перейра - Прохазка жангига тахмин билдирди 0 14:20Карлос Алькараз ва Арина Соболенко Уимблдон олдидан бирга машғулот ўтказди 0

20 iyu 16:35
Yangiliklar

Dzyudo

Prezident dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarorga imzo chekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori elon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi “O'zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to'g'risida”gi PQ–127-son qarori ijrosini taminlash, shuningdek, aholi o'rtasida dzyudoning olimpiya sport turi sifatida ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taminlash maqsadida:

1. Quyidagilar dzyudo sport turini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari etib belgilansin:

dzyudoni aholi o'rtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish;

maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uyg'otish va jang sanatining ushbu turi bo'yicha boshlang'ich ko'nikmalarni shakllantirish;

dzyudo bo'yicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish;

dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish, umumiy o'rta talim maktablarida dzyudo zallari sonini ko'paytirish;

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari dasturiga dzyudoni bosqichma-bosqich kiritish, ular tizimidagi talim muassasalari o'quvchi-talabalari uchun ushbu sport turi bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar va to'garaklar tashkil qilish;

ayollar o'rtasida dzyudoni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga mo'ljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ommaviy axborot vositalarida sog'lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida dzyudoni targ'ib qilish hamda bu jarayonda axborotlashtirish va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taminlash.

2. Quyidagilar:

2022-2023 yillarda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish bo'yicha “yo'l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

2022-2025 yillarda dzyudo sport turini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qo'yilsinki, 2023 yil 1 yanvardan boshlab ananaviy tarzda dzyudo sport turi bo'yicha O'zbekistonda quyidagi musobaqalar o'tkaziladi:

kattalar o'rtasida “Katta dubulg'a” xalqaro turniri;

Osiyo chempionati g'olibi va Xalqaro toifadagi O'zbekiston sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida xalqaro turnir;

umumiy o'rta talim maktablari o'quvchilari o'rtasida “Xalq talimi vaziri kubogi”;

o'rta maxsus, professional va oliy talim muassasalari o'quvchi-talabalari o'rtasida “Oliy va o'rta maxsus talim vaziri kubogi”;

Qurolli Kuchlar tizimida “Mudofaa vaziri kubogi”;

2024-2025 yillarda harbiylar o'rtasida Jahon chempionati.

Sportni rivojlantirish vazirligi (SH.Maxmudov) Mudofaa vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida ko'rsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rish va ularni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

xalqaro turnirlarda mahalliy dzyudochilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega bo'lgan kuchli xalqaro dzyudochilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini taminlasin;

yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni o'tkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikaciya manbalarida keng yoritsin.

Turizm va madaniy meros vazirligi (B.Ibragimov) yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni turistik marshrutlar obektlari ro'yxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish choralarini ko'rsin.

4. Xalqaro dzyudo federaciyasining rejasiga muvofiq, 2022 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazilishi belgilanganligi malumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki:

jahon chempionatini o'tkazish bilan bog'liq sarf-xarajatlar homiylar mablag'lari (titul homiylik, reklama, axborot hamkorligi hamda televizion translyaciya media huquqlaridan tushadigan), shuningdek, O'zbekiston dzyudo federaciyasi mablag'lari hisobidan qoplanadi. Bunda, olinadigan foyda O'zbekiston dzyudo federaciyasi tasarrufida qoldiriladi hamda dzyudoni yanada rivojlantirishga, jumladan, dzyudo maktablarini qurish va jihozlash hamda federaciya faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi;

jahon chempionatini o'tkazish uchun azolik badali va mukofot puli bilan bog'liq sarf-xarajatlar O'zbekiston dzyudo federaciyasi mablag'lari hisobidan qoplanadi.

Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Toshkent shahar hokimligi va O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan birgalikda jahon chempionatining yuqori darajada o'tkazilishini taminlasin va u bilan bog'liq bo'lgan barcha tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko'rsin.

5. 2023 yil 1 yanvardan boshlab Surxondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyati Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari negizida Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (keyingi o'rinlarda – dzyudo maktablari) davlat sport-talimi muassasasi sifatida tashkil etilsin.

Belgilansinki:

dzyudo maktablari faoliyati dzyudo bo'yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo'naltiriladi;

dzyudo maktablariga o'qishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda talim olish muddati etti yil etib belgilanadi;

dzyudo maktablarining o'quv jarayoni Sportni rivojlantirish vazirligi va Xalq talimi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan o'quv rejaga asosan amalga oshiriladi;

dzyudo maktablari direktori, uning o'rinbosarlari, trener-o'qituvchilar, yo'riqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq to'lash hamda maktab direktorining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari va tarbiyachilar mehnatini rag'batlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq talimi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida”gi 275-son qaroriga muvofiq;

dzyudo maktablari direktori, uning o'quv va sport ishlari bo'yicha o'rinbosari, trener-o'qituvchilar, yo'riqchi-uslubchilar, tibbiyot xodimlari mehnatini rag'batlantirish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 211-son qaroriga muvofiq;

dzyudo maktablari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to'lash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda dzyudo maktablari faoliyatini tashkil etish bo'yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

6. 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

umumiy o'rta talim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish bo'yicha “Bolalar uchun dzyudo” dasturi;

maktabgacha talim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasi joriy qilinsin.

Belgilansinki:

a) “Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida:

Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda o'quvchilarida dzyudo bilan shug'ullanish istagi yuqori bo'lgan hamda sport zallari mavjud umumiy o'rta talim maktablari belgilab olinadi;

tanlab olingan umumiy o'rta talim maktablarida dzyudo bo'yicha darsdan tashqari alohida sport sekciyalari maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trener-o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi;

umumiy o'rta talim maktablarida dzyudo zallarini tashkil etish, mavjud dzyudo infratuzilmasini kengaytirish va jihozlash bo'yicha investiciya va grantlar jalb qilinadi;

Xalqaro dzyudo federaciyasining “Maktablarda dzyudo” dasturi bilan uzviy bog'liqlik taminlanadi, mazkur dasturdagi yo'nalishlar, funkciyalar va boshqa muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

dzyudoni yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish va ommalashtirish, ularda ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, yoshlar o'rtasida dzyudo bo'yicha musobaqalarni o'tkazishga ko'maklashish, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

b) “Maktabgacha dzyudo” loyihasi doirasida:

maktabgacha talim tashkilotlarida dzyudoni ommalashtirish va keng targ'ib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni mazkur sport turi bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish;

tarbiyalanuvchilarda dzyudo bilan shug'ullanishga kuchli va tasirchan motivaciyani shakllantirish.

7. Xalq talimi vazirligi (B.Saidov) Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), O'zbekiston dzyudo federaciyasi (A.Kamilov) bilan birgalikda 2023 yildan boshlab dzyudo sport turini o'quvchilar o'rtasida ommalashtirish bo'yicha tanlangan maktablarni o'quv qo'llanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan taminlash uchun Xalq talimi sohasida islohotlarga ko'maklashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan har yili 5 milliard so'mgacha mablag'larni yo'naltirsin.

8. Belgilab qo'yilsinki:

“Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida faoliyat yuritadigan trener-o'qituvchilar mehnatiga haq to'lash Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 23 sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 211-son qaroriga muvofiq sport maktablari trener-o'qituvchilari uchun belgilangan meyorlar asosida amalga oshiriladi;

“Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallari Xalq talimi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta talim maktablari balansida saqlanadi va ular faoliyatini to'liq va samarali yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan birgalikda Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan malakali trenerlar bilan taminlanadi;

“Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallarida O'zbekiston dzyudo federaciyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari tashkil etiladi, filiallar faoliyatiga O'zbekiston dzyudo federaciyasi metodik rahbarlik qiladi, umumiy o'rta talim maktablarida o'quvchilarni dzyudoga o'rgatish orqali qamrovni yildan yilga oshirib boradi, ular o'rtasida turnirlar, musobaqalar tashkil etadi.

9. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston dzyudo federaciyasining:

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida 2022/2023 o'quv yilidan boshlab “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat talim yo'nalishini ochish;

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat talim yo'nalishi bo'yicha 2022/2023 o'quv yili uchun qabul parametrlari doirasida qabul kvotalarini belgilash haqidagi takliflari maqullansin.

10. Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasining Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida O'zbekiston dzyudo akademiyasini tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

11. Quyidagilar O'zbekiston dzyudo akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

dzyudo, shu jumladan, paradzyudo bo'yicha sportchilar, trenerlar, trener-selekcionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish;

dzyudo, shu jumladan, paradzyudo bo'yicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-selekcionerlar, hakamlar

va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga ko'maklashish;

dzyudo, shu jumladan, paradzyudo bo'yicha o'quv dasturlar va metodologiyani yangilash, yoshlarning tayyorgarlik jarayoniga ilg'or innovacion texnologiyalarni joriy etish;

mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening, master-klasslar, o'quv mashg'ulotlar tashkil etish.

12. O'zbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

O'zbekiston dzyudo federaciyasi mablag'lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O'zbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini tashkil etish bo'yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

13. Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjaev):

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga doimiy foydalanishga berilgan er uchastkasining (SHayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko'chasi, 7b-uy) O'zbekiston dzyudo federaciyasining asosiy bazasiga tutash bo'lgan va bo'sh turgan qismini belgilangan tartibda zaxiraga qaytarish; 

zaxiraga qaytarilgan er uchastkasini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish va Sportni rivojlantirish vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini ko'rsin.

Sportni rivojlantirish vazirligi (M.Ismailov) O'zbekiston dzyudo federaciyasi (A.Kamilov) bilan birgalikda ajratilgan er uchastkasida O'zbekiston dzyudo akademiyasi bino va inshootlarini qurishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik to'g'risida bitim imzolanishini hamda Yaponiyaning “Kodokan” ko'p funkciyali, zamonaviy va universal dzyudo markazi namunasi bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan Xalqaro dzyudo federaciyasi talablariga javob beradigan, sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan bino va inshootlar (sport zali, o'quv binosi, oshxona va yordamchi binolar) qurilib, foydalanishga topshirilishini taminlasin.

14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi (A.Boboev) Sportni rivojlantirish vazirligi (M.Ismailov), Toshkent viloyati hokimligi hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan birgalikda 2023 yilda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Oqtosh qishlog'i hududida dzyudo bo'yicha milliy terma jamoalar uchun Xalqaro dzyudo federaciyasi standartlariga javob beradigan 50 o'rinli yotoqxona va oshxona, trenajyor zali, tibbiy punkt va zamonaviy sport anjomlari bilan to'liq jihozlangan o'quv-mashg'ulot bazasini barpo etish yuzasidan taklif kiritilishini taminlasin.

15. Toshkent viloyati hokimligi (Z.Mirzaev) “CHorvoq” turistik rekreacion zonasi” DUK bilan kelishgan holda Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Oqtosh qishlog'i hududidan Sportni rivojlantirish vazirligiga 0,5 ga er uchastkasini 2022 yil yakuniga qadar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taminlasin.

Sportni rivojlantirish vazirligi (M.Ismailov) O'zbekiston dzyudo federaciyasi (A.Kamilov) bilan birgalikda ajratilgan er uchastkasida dzyudo bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot bazasini barpo etishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik to'g'risida bitim imzolanishini taminlasin.

16. Moliya vazirligi (T.Ishmetov) Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, dzyudo sport anjomlari va jihozlari bilan taminlash, shuningdek, dzyudoni rivojlantirish maqsadlari uchun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga joriy yilda sport sohasi uchun ko'zda tutilgan mablag'lar doirasida 2 milliard so'm ajratilishini taminlasin.

17. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan birgalikda 2022 yil 20 dekabrga qadar sport maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini xalqaro talablarga javob beradigan dzyudo sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taminlasin va ushbu maqsadlarga Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2022 yil uchun respublika kalendar rejasida ajratilgan mablag'larning iqtisod qilingan qismidan zarur mablag'lar yo'naltirsin.

18. O'zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik teleko'rsatuvlar tashkil etsin.

19. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari SH.SH.Maxmudov hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi A.YA.Kamilov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti     SH.MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 2022 yil 20 iyun

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing