19 avg 09:54
Yangiliklar
“Prezident Olimpiadasi” va Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni ko'rib chiqildi
Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov olib borgan yig'ilishda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, shuningdek, federaciya va associaciyalarning masullari ishtirok etishdi.
Dastavval, “Prezident Olimpiadasi” bahslariga hozirlik jarayoni muhokama qilindi. Rasmiylar bu yilgi bellashuvlarda qatnashayotgan yoshlar 2029-yil poytaxtimizda tashkil etiladigan yoshlar Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan avlod bo'lgani bois selekciya jihatlariga alohida ahamiyat qaratish zarurligini takidlashdi. Qolaversa, yig'ilish davomida tashkiliy masalalar, musobaqalar jadvali, shaffof hakamlikni taminlash kabi yo'nalishlarga alohida etibor berildi.
SHuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlariga hozirlanayotgan terma jamoalarimizni bo'lajak musobaqaga puxta tayyorlash, sportchilarga barcha kerakli sharoitlarni yaratish masalalari ham atroflicha ko'rib chiqildi. Rasmiylar tomonidan federaciya va associaciyalar masullariga barcha terma jamoalarning Yaponiyaga borish rejasini yana bir karra tahlil qilish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.





Fikrlar