27 avg 14:09
Yangiliklar
Prezident qarori bilan stadionlarning foydalanish maqsadlarini o'zgartirish taqiqlangan. Bu "To'qimachi" stadioniga taalluqli emasmi?
Vaziyat xususida iqtisodchi Otabek Bakirov quyidagilarni malum qildi:
“Prezident qarorini o'qishmaganmi?
Buzg'unchilar-ku mayli, hokimiyat qayoqqa qarayapti?
Prezident qarori bilan O'zbekistonda davlat mulki obekti bo'lgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini o'zgartirish va sotuvga chiqarish taqiqlanganiga bir yildan oshdi.
Kadastr agentligi axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari o'zgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlanishi haqida tegishli o'zgarishlar kiritilishi kerak edi.
“To'qimachi” stadioni istisno bo'lib qurbon bo'lganmi shunda? O'zi “To'qimachi” stadionining yonidan, chapidan, o'ngidan egallab chayib, sotib bo'lishuvdi. Endi navbat stadiongami?”, – deyiladi xabarda.
Championat.asia sayti Sport vazirligi va O'zbekiston futbol associaciyasining rasmiy izohini ham kutib qoladi.

Fikrlar