05 iyu 14:37
Yangiliklar
Dzyudo
Prezident qaroriga muvofiq Urganch dzyudo mahorat maktabi qurilmoqda + FOTO
SHu kunlarda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida bo'lib turibdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida Xorazm viloyatining Urganch, Surxondaryo viloyatining Denov tumanlarida dzyudo mahorati maktablarini tashkil etish belgilab qo'yilgan edi.
Hozirda har ikki tumanda dzyudo mahorati maktablarining qurilishi jadal suratda davom etmoqda. Maxsus ishchi guruh Urganch dzyudo mahorat maktabidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi va kerakli ko'rsatma hamda tavsiyalarni berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar