So’nggi yangiliklar

13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0 10:39Бир киши кам бўлиб қолган "Ал Насср" 0:2ни 3:2га айлантира олди + ВИДЕО 0 10:15Эркин кураш бўйича Олимпиада чемпиони Махачев билан беллашиш истагини билдирди 0 09:44"Умуман муаммо йўқ". Оливейра Жастин Гэтжига учта камар учун жанг таклиф қилди 0 09:18Ислам Махачев UFC`даги ўзи забт эта олмайдиган рекордни айтди 0 08:53Умарали Раҳмоналиев ва "Сабаҳ" Чемпионлар лигаси асосий босқичига чиқди + ВИДЕО 0 08:27Monterrey Open. Тимофеева дунёнинг 53-ракеткасига имкон қолдирмади 0 07:59Нурсултон Рўзибоев Париж шаҳрига жўнаб кетди + ФОТО 0 07:36UFC рейтинги янгиланди: Богдан Гусков Топ-10`ни тарк этди 0 07:07Фергюсон — BBC талқинига кўра АПЛ тарихидаги энг яхши мураббий! 0 19:29Жиззахда 4 млрд 634,2 млн сўм эвазига бунёд этилган Қиличбозлик мажмуаси фойдаланишга топширилди 0

12 iyu 10:14
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 329 turnirining barcha natijalari: Makgregorning besh yildan keyingi omadsiz qaytishi, 10 ta finishli jang

Bugun AQSHning Las-Vegas shahrida raqamlangan va uzoq kutilgan UFC 329 turniri bo'lib o'tdi.

Dastin Porega qarshi jangda oyog'ini sindirib olganidan besh yil o'tib, oktagonga qaytgan Konor Makgregor ikkinchi daqiqadayoq yana oyoq jarohati tufayli Maks Xolloueyga yutqazdi. UFC 329 turnirining asosiy jangining dastlabki soniyalaridayoq irlandiyalik sportchi sakrab turib, raqibiga zarba berishga qaror qildi. Natijada uning o'ng oyog'i lat edi. Maks tomonidan berilgan ikkinchi zarba yana uning yiqilishiga olib keldi va bu holatda u hakamga jarohat olgan raqibini do'pposlashni istamasligini bildirdi. 

SHunga qaramay, Mark Beltran jangni davom ettirish uchun buyruq berdi, ammo amerikalik raqibiga tik turishga imkon berganidan va irlandiyalik birinchi urinishdayoq qoqilib ketganidan so'ng, hakam Xolloueyning g'alabasini texnik nokaut bilan qayd etib, jangni to'xtatdi.

Oqshomning co-main event jangida britaniyalik engil vaznli Peddi Pimblett Jastin Getjidan vaqtinchalik chempionlik unvoni uchun jangdagi mag'lubiyatini ishonchli tarzda yopdi va birinchi raundning 52-soniyasidayoq franciyalik Benua Sen-Denini bo'g'ib qo'ydi.

Turnirning uchinchi muhim musobaqasida amerikalik Mario Bautista etti yil oldingi mag'lubiyatini engil vazn toifasida o'z hamyurti Kori Sendxagen ustidan hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozonib, revansh oldi.

Tadbirning dastlabki kardining asosiy jangida o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, avstraliyalik Robert Uittaker yarim og'ir vazn toifasidagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazdi va uchinchi raundda jag'i singan va jangni davom ettira olmagan rossiyalik Nikita Krilovni muddatidan oldin mag'lub etdi.

Boshqa natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, erkin kurash bo'yicha Olimpiya chempioni Geybl Stivsonning tashkilotdagi muvaffaqiyatli debyuti, birinchi raundning o'rtasidayoq Elisha Ellisonni nokautga uchratgani, shuningdek, birinchi raundda texnik nokaut bilan Adrian Yanizga yutqazgan sobiq UFC chempioni Kodi Garbrandtning muvaffaqiyatsiz chiqishini takidlash mumkin.

Brendon Royval, Bobbi Grin, Lyuk Rayli, Damian Pinas, Rayan Gandra va Alessandro Kosta ham bugungi janglarida muddatidan oldin g'alaba qozonishdi.


UFC 329 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Maks Xollouey Konor Makgregorni texnik nokautga (tizza jarohati) – 1-raund, 1:09

Peddi Pimblett Benua Sen-Denini texnik sabmishn evaziga yutdi – 1-raund, 0:52

Mario Bautista Kori Sendxagenni hakamlarning yakdil qarori evaziga taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Brendon Royval Lonir Kavanani sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – 3-raund, 3:40

Bobbi Grin Terrens MakKinnini texnik nokaut (zarbalar) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 1-raund, 4:59


Prelim kard janglari

Robert Uittaker Nikita Krilovni texnik nokaut bilan yutdi – 3-raund, 1:01

Geybl Stivson Elish Ellisonni nokaut (tizza va qo'ldagi zarbalar) qildi – 1-raund, 2:31

Edrian Yaniz Kodi Garbrendtni texnik nokaut (zarba) bilan mag'lub etdi – 1-raund, 2:47

Lyuk Rayli Kay Kamakani texnik nokaut (tizza va qo'lda zarbalar) evaziga mag'lubiyatga uchrata oldi – 1-raund, 3:03


Erta prelim kard janglari

Van Kong raqibasi Treysi Kortezni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-27, 29-27, 29-27)

Demian Pinas Sezar Almeyda nokaut (zarba)ga uchratdi – 1-raund, 4:44

Farid Basharat Jon Garzani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi (29-28, 30-27, 30-27)

Rayan Gandra Zakari Rizani texnik nokaut (zarbalar) evaziga engdi – 1-raund, 1:15

Alessandro Kosta Kodi Derdenni sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – 2-raund, 2:19

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing