So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

22 apr 14:23
Yangiliklar

Engil atletika, Xokkey

Prezident SHavkat Mirziyoev xokkeychi va engil atletikachilarimizni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Davlatimiz rahbari futbolchilardan so'ng xokkeychi va engil atletikachilarimizni ham muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi.

Bu haqida Prezident matbuot kotibi SHerzod Asadov malum qildi.

"Prezident SHavkat Mirziyoev sportchilarimizning yutuqlarini alohida qiziqish va etibor bilan kuzatib boryaptilar. Quvonarlisi, aprel oyida mamlakatimizning sport sohasidagi muvaffaqiyatlari futbol bilangina cheklanib qolmadi.

Xususan, xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonda ajoyib natija ko'rsatdi. Armanistonda o'tkazilgan jahon chempionatida xokkeychilarimiz o'z divizionida g'olib bo'lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bo'lib o'tgan 18 yoshgacha bo'lgan xokkeychilar o'rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoamiz g'alaba qozongan edi.

Saudiya Arabistonida o'tkazilgan 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi engil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 12 ta - 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritib, o'z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.

Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan etibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida o'rni borligini takidlash joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi, yangi maktablar ochilmoqda, sportchilarning professional rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari xokkeychi va engil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadilar", - deyiladi postda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing