24 okt 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Prof bokschimiz Seulda koreyalik raqibini 25 soniyada chuqur nokautga uchratdi + FOTO
Janubiy Koreyaning Seul shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
"Cocybuffalo Promoutions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu boks oqshomida o'zbekistonlik bokschilar ham ringga ko'tarilishdi. Kechaning anderkard jangida hamyurtimiz Olimjon Nazarov filippinlik Maykl Mendoza (14-11-1-1, 4 KO)ni 12 raund yakunlariga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub etib, WBO Oriental kamarini himoya qilgandi.
Yana bir yurtdoshimiz Abdulazizbek Najmiddinov (8, 7 KO) esa Janubiy Koreya vakili Sung-Xyon Kim (4-3-2, 4 KO)ga qarshi kechgan jangning 25-soniyasidayoq raqibini kuchli nokautga uchratdi. Bu uning faoliyatidagi sakkizinchi jangda qozongan sakkizinchi g'alabasi bo'ldi. Nokautlar soni 7 taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar