05 iyu 16:25
Yangiliklar
Tokio-2020
Professional boks chempionlari Rio Olimpiadasida qatnashishmoqchi
O'z vaqtida professional boksda jahon chempioni bo'lgan bokschilar Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etish istagini bildirishdi.
Ular
orasida engil vazn toifasida sobiq IBF chempioni tailandlik Amnat Ruenroeng
(17(5)-1(1)-0) hamda o'rta vaznda interim WBO yo'nalishi chempioni kamerunlik Xassan
Njikam (33(19)-2-0) kabi taniqli bokschilar bor.
Ular
Olimpiadaga so'nggi saralash vazifasini o'tab beruvchi Venesueladagi turnirda
ishtirok etishadi. Vargas shahrida o'tkaziladigan APB va WSB yo'nalishlaridagi saralash
janglarida Olimpiadaga 26ta yo'llanma o'ynaladi.
Takidlash
joiz, Xassan Njikam 81 kg
vazn toifasidagi reytingda yuqori U (#5 IBF, # 6 WBC, # 8 WBO) o'rinlarni egallab
turibdi. Ruenroeng esa 60 kg
vazn toifasida ringga ko'tariladi. U IBF reytingida 9-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Fikrlar