So’nggi yangiliklar

09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0

05 avg 19:32
Yangiliklar

Futbol

"Professional futbolchi sifatida yanada o'sish uchun Evropa futbolida o'ynashni to'g'ri deb bildim". Husniddin Aliqulov "Nasaf" muxlislariga xayrlashuv maktubi yo'lladi

Teglar :  Husniddin Aliqulov
"Nasaf" himoyachisi bugun Turkiyaning "Rizespor" klubi futbolchisiga aylandi.

"Qadrli "Nasaf" klubi muxlislari! 

Dastlab sizlarga katta rahmat aytmoqchiman! "Nasaf"da baxtli edim, g'alabada ham, mag'lubiyatda ham birga bo'ldingiz. Har daqiqa sizlarning qo'llab-quvvatlashingizni his etib turdim. Jamoani shunday tarzda qo'llashda davom etishingizni so'rab qolardim. Zero, "Nasaf" sizlar uchun o'ynaydi! 

Fursatdan foydalanib, "Nasaf"dagi barchaga, rahbariyatdan tortib, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! O'z navbatida, Ro'ziqul Sadullaevich Berdievga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o'yinda bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun maydonga tushdim va klub uchun borimni berdim. O'z o'yinim va gollarim bilan jamoa g'alabalariga oz bo'lsa ham hissa qo'shganimdan faxrlanaman. "Nasaf"dagi faoliyatim yakunlandi, sababi professional faoliyatimda oldinga intilish vaqti etib keldi. Barcha futbolchilar singari men ham o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishni xohladim. 

Faoliyatimni Turkiyaning "Rizespor" klubida davom ettirishga qaror qildim. To'g'ri, oldimda Osiyoning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Ammo professional futbolchi sifatida yanada o'sish uchun Evropa futbolida o'ynashni to'g'ri deb bildim. Turkiya Superligasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga, maydonda oxirgi kuchim qolguncha o'ynashga vada beraman. 

SHuni unutmangki, men doim "Nasaf" muxlisi bo'lib qolaman", – dedi futbolchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing