30 dek 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Tayson Fyuriga raqib bo'lishi mumkin bo'lgan ikki nomzodni aytdi
Taniqli promouter Bob Arum WBC chempioni Tayson Fyuriga raqiblik qilishi mumkin bo'lgan ikki asosiy bokschi nomini aytdi.
"Biz Endi Ruis variantini ko'rmoqdamiz. U hozir jang qilishga tayyor. Bundan tashqari, Fyuri fin bokschisi Robert Xeleniusga qarshi ringga ko'tarilishi ham mumkin.
Bular ikki asosiy nomzodlar. O'ylashimcha, agar raqib Xelenius bo'lsa, jang Buyuk Britaniyada bo'ladi. Agar Ruis bilan jang tashkil qilinsa, biz bu to'qnashuvni Las-Vegasda o'tkazamiz", - deydi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar