20 noy 14:40
Yangiliklar

Promouter: "Uayt gonarar masalasida biroz ishtahasini tiysa, Tayson uchun keyingi raqib bo'lishi mumkin"
Og'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren agar Dillian Uayt Tayson Fyuri bilan jang qilishni istasa, moliyaviy tarafdan biroz kamroq pul so'rashi lozim.
"Hozir Tayson Fyuri xo'jayin rolida. U chempion va bu erga kelish uchun juda ko'p ter to'kkan. WBC'dagilar esa arbitraj sudining qarorini kutishini va agarda sud Dillian Uaytni majburiy davogar deb elon qilsa, bu qarorga amal qilishlarini malum qilishdi.
Ular shuni ham qayd etishdiki, Uaytning gonarari uning oxirgi jangidagidan kelib chiqqan holda 80/20 yoki 85/15 bo'lishi kerak. SHunday ekan, agar Uayt gonarar masalasida biroz ishtahasini tiysa, shunda u Tayson uchun keyingi raqib bo'lishi mumkin", - dedi Frenk Uorren.
Fikrlar