So’nggi yangiliklar

07:05"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди? 0 18:45Лапорта "Барселона" "Камп Ноу"дан кўчишини эълон қилди 0 18:24Усикнинг жамоадоши Уайлдер билан жанг нега амалга ошмаганини айтди 0 18:01Ўзбекистон Россиядан яна 2 нафар фигурали учувчини маҳаллийлаштирди 0 17:39Волкановски нима учун Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчилардан бири деб ҳисоблашини тушунтирди 0 17:17"Сиёсий вазият турнирни бутунлай сояда қолдирмоқда". Лёв Америкадаги ЖЧ бўйича хавотир билдирди 0 16:52"Ғолиб чемпион бўлиши аниқ". Мёрфи — Евлоев билан жанг ҳақида гапирди 0 16:26Шаҳрам Ғиёсов 2 май куни жанг қилмайди 0 16:01Тарихий ғалаба қайд этган спортчи қизга Президентимиз номидан уй совға қилинди 0 15:39"Реал"нинг 18 ёшли футболчиси ЕЧЛда рекорд ўрнатди 0 15:17"Жуда кўп пул сўради". Топурия ва Махачев жанги нега амалга ошмагани айтилди 0 14:45Эркин курашчи Мирзо Ҳайитов PWL 11 турнирида россиялик рақиб билан жанг қилади 0 14:22Андрей Пуляев Нурсултон Рўзибоев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:01Чемпионлар лигасида ҳафта футболчисига номзодлар эълон қилинди 0 13:40Порье Махачевни ортиқча вазнда айблади 0

07 fev 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Provodnikov, Ali yoki Tayson? Biz boks tarixidagi eng shiddatli to'qnashuvni aniqlaymiz!

Bu haftaning asosiy mavzusi Fedor Emelyanenko va uning faoliyatidagi so'nggi jangi bo'lsada, boksni ham unutmaslik kerak.

Evander Xolifild - Riddik Bou

Ikki fantastik og'ir vaznli sportchilar jismoniy qobiliyatlari cho'qqisida va mag'lubiyatsiz - bundan yaxshiroq nima bo'lishi mumkin? Riddik Bou va Evander Xolifild juftligi fantastik bahs olib borishdi. Riddik jismoniy jihatidan raqibidan o'zib ketdi va aqlli o'yin rejasini tanladi, buning natijasida u hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Ammo jang shu qadar ajoyib bo'lib bo'ldiki, promouterlarda hech qanday imkoniyat qolmadi - ular yana ikkita jang o'tkazishlari kerak edi.


Timoti Bredli - Ruslan Provodnikov

Kamtargina sibirlik yigit ringda shu qadar yorqin zarbalar yo'llardiki, bu nafaqat raqibi, balki Ruslanning o'zi uchun ham zararga ishlardi. Timoti Bredli u qadar ham taniqli bo'lmagan yigitga qarshi jangni xotirjamlik bilan boshlaganligi uchun to'qnashuv Provodnikovning asosiy foydasiga aylandi. Sibirlik Rokki mashhur amerikalikni shunday kaltakladiki, keyin ikkala bokschini kasalxonaga olib borishga to'g'ri keldi. 


Diego Korrales - Xose Luis Kastilo

Diego Korrales va Xose Luis Kastilo o'rtasidagi ikkinchi bahs professional boksning haqiqiy durdonasiga aylandi. Engil vazn toifasining ikki shavfqatsiz vakili bir-birlarini shu qadar xo'rlashdiki, bazi muxlislar jang paytida yig'lab yuborishdi. Yaxshi janglarga yarasha, yakun bahsli tugadi: hakamning shubhali harakatlari, kapa bilan bog'liq hiyla-nayranglar va noo'rin tortishish muxlislarning shov-shuvli bahslariga turtki berdi. Trilogiyani tashkil qilib bo'lmadi.


Jorj Forman - Ron Layl

Muhammad Aliga yutqazib qo'ygan buyuk Jorj Forman o'z ishonchini qaytarish uchun oson g'alabaga muhtoj edi. Raqib sifatida Ron Layl tanlandi, ammo jang Forman uchun Katta Jorj rejalashtirganidek oson kechmadi. Layl zamonamizning eng zo'r pancherlaridan biri bilan ajoyib jang qildi va super yulduzga juda ko'p muammo keltirdi - hatto uni nokdaun holatiga tushirdi! Biroq, Formanning ajoyib tajribasi ish berdi va u beshinchi raundda nokaut bilan g'alaba qozondi.


Mayk Tayson - Maykl Spinks

Mayk Tayson kiritilmagan boks reytinggi yo'q. Mashhur amerikalik shu qadar zo'rki, uning har qanday jangi istalgan reytingga qo'shilishi mumkin. Ammo Maykl Spinks bilan uchrashuv hali ham ajralib turadi. Axir, ko'pchilik Temir Maykni Spinks to'xtata oladi deb o'ylardi. Biroq, hammasi boshqacha bo'lib chiqdi - Spinks Taysonning dahshatli zarbalari qarshisida «meshok» kabi, umuman qarshilik qila qila olmadi.


Arturo Gatti - Mikki Uord

Bu bahs boksning butunlay boshqacha tarafini ko'rsatib berdi. Ikki kuchli bokschi bor-yo'g'i 13 oy ichida o'zaro uchta yorqin jang o'tkazganini hozir tasavvur qilish mumkinmi? Ammo Arturo Gatti va Mikki Uord har bir jangda katta zarar ko'rgan bo'lsalar ham, o'zlariga yillik tatil berishmadi. Himoya yo'q, qochish yo'q - shunchaki murosasiz to'qnashuv. Afsuski, muxlislar xursand bo'lishsa ham, yigitlar sog'lig'ini ringda qoldirib ketishdi.


Menni Pakyao - Erik Morales

Ajoyib trilogiya. Menni Pakyao va Erik Morales professional sportning bezagiga aylangan 25 raundni ringda o'tkazishdi. Birinchi jangda Menni ochkolar hisobiga ko'ra Moralesga yutqazdi, ammo keyin u meksikalikdan revansh oldi va uni birdaniga ikki marta nokautga uchratdi. Darvoqea, Morales 2012 yilda nafaqaga chiqqan, ammo Pakyao sport formasini ushlab qoldi va yaqinda qo'lqoplarini ilib qo'ydi. Bu yigitlarning ajoyib zarbalarini sog'indingizmi?


Jo Freyzer - Muhammad Ali

Muhammad Alini faqat zo'r bokschi mag'lub etishi mumkin edi. Jo Freyzer esa aynan shunday edi: 1971 yilda The Greatest o'zining otashin chiqishlariga qaramay, Freyzerga yutqazdi. Jo haqoratlarni og'riq bilan qabul qildi, ammo ringda u mag'rur afsonani jazolashga muvaffaq bo'ldi. Muhammad juda ko'p tana zarbalarini o'tkazib yubordi, tezligini pasaytirdi va o'zining noyob tezligidan foydalana olmadi. 15-raundda Ali nokdaunga uchradi va hakamlar qaroriga ko'ra, haqli ravishda jangda mag'lub bo'ldi.


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing