12 mar 14:39
Yangiliklar

Proxazka Ankalaevga: "Yagona firibgar – bu sen. Seni chempion sifatida hurmat qilishmaydi"
Avvalroq Ankalaev Proxazkani yolg'onchi deb atagandi.
"Magomedning men haqimda aytgan gapi yoqmadi. Men hammaga do'stona munosabatda bo'laman, lekin Ankalaev bundan mustasno. U men haqimda juda ko'p gapiradi. Nima uchun bunday qilayotganini tushunmayman.
Magomedga shunday deyishim mumkin: u xohlaganini gapiraversin. Lekin aslida, firibgar – aynan uning o'zi. Men uni UFC Performance Institute'da uchratganimda, u erda juda xushmuomala va muloyim edi.
Hozir Ankalaev superyulduz bo'lib oldi va treshtok qilyapti. U Aleks Pereyrani mag'lub etdi, ammo Pereyra o'z faoliyatidagi eng yomon jangini o'tkazdi. Magomed bu erdagi – yagona firibgar. Va u chempion bo'lsada, uni hech kim hurmat qilmaydi", – dedi Proxazka.
Fikrlar