10 jan 10:06
Yangiliklar
Proxazka og'ir jarohatdan so'ng yana mashg'ulotga qaytdi (FOTO)
Yarimog'ir vazn toifasi (- 93 kg)da UFC sobiq chempioni, chexiyalik Irji Proxazka (29-3-1, reytingda - 1) ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasiga yana mashg'ulotlarga kirishgani aks etgan postni joyladi.
"Bu yil birinchi marta tog'larda yugurdim. Ishga qaytish vaqti keldi", - deb yozgan Proxazka.
Irji Proxazka so'nggi jangini 2022 yil 11 iyun kuni Singapurda tashkil etilgan UFC 275 musobaqasi doirasida braziliyalik Glover Teysheyra (33-7, reytingda - 2)ga qarshi o'tkazib, hakamlar qarori bilan g'olib bo'lgan va yarimog'ir vazn chempionligini rasmiylashtirgan edi. Ammo vaqt o'tib u jarohat oldi va kamarni vakant qoldirdi. Endilikda mazkur chempionlik kamari uchun Glover Teysheyra va amerikalik Jamal Hill (11-1-1, reytingda - 7) jang qiladi.
Fikrlar