25 jan 11:00
Yangiliklar

Proxazka oktagonga qachon qaytishini aytdi
"O'ylaymanki, iyul-avgust oylarida, taxminan, olti oydan etti oygacha vaqt oralig'ida qayta olaman. Men tezlikda qaytishni xohlamayman. Bu eng yaxshi variant emas. Mening tanam 200 foiz tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishim kerak. O'ylashimcha, yozda qaytaman. Menga vaqt bering", - dedi Proxazka MMAFightingonSBN kanalida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida Irji Proxazka Glover Teysheyra bilan revansh jangini o'tkazishi kerak edi, biroq elkasidan olgan og'ir jarohati tufayli u chempionlik kamaridan voz kechdi.
Natijada Magomed Ankalaev va Yan Blaxovich chempionlik uchun kurash olib borishdi, ammo hakamlarning qarori bilan jang durang bilan yakunlandi hamda kamar vakant qoldi. SHundan so'ng, UFC yanvar oyida Teysheyra va Jamol Xill o'rtasida chempionlik jangi bo'lib o'tishini malum qildi.
Fikrlar