31 dek 10:11
Yangiliklar
Proxazka Pereyra bilan ehtimoliy uchinchi jang haqida: "Bu men uchun hayot-mamot jangi bo'ladi"
U bu yo'lda amaldagi chempion Aleks Pereyra bilan ehtimoliy uchinchi uchrashuv uning hayot-mamot jangi bo'lishini takidladi.
"Men Pereyraga mag'lub bo'lganimdan keyin barchasini tushundim, bu men uchun yaxshi bo'ldi. Jangning o'zidan emas, balki unga tayyorgarlikdan ko'p narsa oldim. So'nggi bir necha oy davomida xatolarim ustida ishlayapman. Navbatdagi jangga tayyorman. Har bir mag'lubiyat, har bir g'alaba sizning faoliyatingizdagi muhim daqiqa hisoblanadi.
G'alaba qozonish yoki yutqazish, har bir jangdan maksimal foyda olish uchun har doim imkoniyat bor. Hozir Aleks chempion. Lekin bor diqqat-etiborim Jamal Xillga qaratilgan. Agar undan keyingi raqibim Aleks bo'lsa, men uchun bu hayot-mamot jangi bo'ladi", dedi Proxazka.
Fikrlar