03 apr 17:15
Yangiliklar
Futbol
PSJ bu yil 18 ta o'yindan 8 tasida yutqazdi - bunaqasi 2001 yildan beri bo'lmagan
Kristof Galte jamoasi chempionat 29-turi doirasida "Lion"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Jamoa yil boshidan buyon barcha musobaqalarda 18 o'yindan 8 tasida mag'lubiyat alamini totdi. Avvalroq parijliklar "Lans" (1:3), "Renn" (0:1 va 0:2), "Marsel" (1:2), "Monako" (1:3) va "Bavariya"ga (0:1 va 0:2) yutqazishgandi.
So'nggi bor bunaqasi 2001 yil yuz bergan va o'shanda PSJ mavsumning dastlabki 18 uchrashuvidan 9 tasida imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Fikrlar