19 avg 10:32
Yangiliklar

Pyotr Yan Dvalishvili - Sendxagen jangida zaxira varianti bo'ladimi? Uning o'zi javob berdi
Ammo Yanning o'zi gruziyalik chempion Merab Dvalishvili hamda amerikalik davogar Kori Sendxagen o'rtasidagi jangni kafolatlash istagida emas. Ushbu chempionlik jangi 4 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
"Bu borada savol berishganida men o'z javobimni bergandim. Yani, taklif bo'lsa, uni qabul qilardim. Lekin taklif bo'lmadi. SHu sababdan jangni tomosha qilib, undan rohat olaman. Agar hozirgi holatdan kelib chiqilsa, ha, men chempionlik jangi uchun munosibman. Ko'ramiz, chempionlik jangidan keyin voqealar qanday rivojlanar ekan. UFC`ning o'z rejalari va "o'yinlari" bor. Menejerlarim bilan maslahatlashamiz, jang qilishim kerak bo'lsa, urishaveraman", – dedi Yan.
Malumot uchun, shu yilning iyul oyida Pyotr Yan ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. O'shanda u amerikalik Markusa Makgini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. Ayni paytda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi divizion reytingining uchinchi pog'onasini egallab turibdi.
Fikrlar