24 noy 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Emelyanenkoning tanqidlariga javob berdi
UFCning amaldagi chempioni Pyotr Yan mashhur MMA jangchisi Fyodor Emelyanenkoning o'z manzili tomon yo'llagan tanqidlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, Emelyanenko "Pyotr ko'proq mehnat qilish o'rniga, ko'p gapirayapti", - deya fikr bildirgan edi.
"Fyodorning gaplarini eshitdim. Fyodor - bu Fyodor. Biz unga o'xshay olmaymiz. Uning fikri ahamiyatga ega.
Ortiqcha yoki noto'g'ri gaplar gapirganim yo'q. Har bir so'zimga javob berishim mumkin", -dedi Pyotr Yan o'zining Instagram sahifasidagi jonli efir vaqtida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar