23 dek 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan: Fevralda - Sterling, mayda - Dillashou
Engil vaznda UFC chempioni Pyotr Yan o'zining 2021 yildagi rejalari bilan o'rtoqlashdi va mag'lubiyatsiz seriyasi siri haqida gapirdi.
"Qachon muxlislaringiz Sterling bilan jangingizni ko'rishadi? Dillashou bilan-chi?", -deb berilgan savolga Yan quyidagicha javob berdi:
"Hammasi reja bo'yicha ketsa, fevralda - Sterling, mayda - Dillashou."
SHuningdek sportchidan mag'lubiyatsiz seriyasining siri haqida so'rashdi.
"2021 yilda bir nechta himoya janglarini o'tkazmoqchiman. Har bir jangimdan keyin, o'zimda boshqacha kuchni sezaman. Yoshim va boshqa narsalar kuchliroq ishlashga undaydi. Tayyorgarlik jarayonida mening o'z uslubim bor. Men jang kartinasini ko'ra olaman, sharoitga moslashaman. Hozir esa tayyorgarlik joyimni o'zgartirmoqchiman. Bularning hammasi meni oldindan o'qib olmasliklari uchun", - deydi Pyotr Yan.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar