12 sen 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan mashg'ulot boshlash uchun Dog'istonga etib keldi + FOTO
Eng engil vaznda UFC chempioni Pyotr Yan navbatdagi jangiga mashg'ulotlarni boshlash uchun Dog'istonga etib keldi.
Bu haqida Yan o'zining Instagram sahifasida xabar va surat qoldirdi.
"Xasavyurt. 11 sentyabr tongi. Imam, Zelimxan va boshqa bizning ili kutib olgan hamda mashg'ulotlar uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan insonlarga katta rahmat. Sekin, lekin ishonch bilan boshladik", — deya izoh qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan shu yilning iyul oyia sobiq jahon chempioni Joze Aldoni texnik nokautga uchratib, eng engil vaznda UFC chempioniga aylangandi. U ilk himoya jangini rasmiy davogar Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkazishi kerak.
Havola :
Fikrlar