So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

14 mar 07:23
Yangiliklar

Taekvondo

Qamashida taekvondo bo'yicha musobaqa o'tkazildi FOTOGALEREYA

Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman markazidagi 2-Bolalar-o'smirlar sport maktabida o'smirlar va qizlar o'rtasida taekvondoning WT turi bo'yicha ushbu maktab ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada Qarshi va SHahrisabz shaharlari, Kitob, G'uzor, Yakkabog' hamda Qarshi tumanlaridan 250 nafardan ortiq yosh sportchilar 40 ta vazn toifasida tatamida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

Dastavval, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati qo'rqlash boshqarmasi 4-alohida otryadi komandiri podpolkovnik Zafar Ibragimov musobaqa tashilotchilariga o'z minnatdorchiligini bildirib, sportchilarga omad tiladi.

SHundan so'ng, Qashqadaryo viloyati taekvondo-do (WT) milliy federaciyasi raisi SHavkat Murodov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi SHerbek Soatovlar ham so'zga chiqib, viloyatda, xususan Qamashi tumanida mazkur sport turini yanada rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o'tdilar.

Bundan tashqari 2-Bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori vazifasini bajarib turgan Bekzod SHoto'raev ham musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirdi. SHundan so'ng bahslarga start berildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvlarda umumjamoa hisobida Qamashi tuman 2-sonli Bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi yosh sportchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikdan Qarshi shahrining “Tornado” sport klubi hamda Kitob tuman pedagogika sport kolleji jamoalari joy oldi.

Musobaqa yakunida so'z olgan g'oliblardan biri, qator musobaqalar g'olib va sovrindori Jaloliddin Normurodov sportchilar uchun yaratilib berilayotgan sharoitlar uchun avvalambor, Muhtaram Prezidentimizga, qolaversa O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qamashi tuman 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi mamuriyatiga o'z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda ushbu g'amxo'rlik va etiborga munosib javob qaytarishga vada berdi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryodagi muxbiri 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing