29 sen 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qariya faqat pul topish uchun mushtlashyapti" – Ankalaev Pereyra haqida keskin fikr bildirdi
UFC’ning yarimog'ir vazn toifasida (93 kg gacha) amaldagi chempioni rossiyalik 33 yoshli Magomed Ankalaev bo'lajak raqibi braziliyalik Alekse Pereyra haqida gapirdi.
Ular o'rtasidagi revansh jangi 5 oktyabr kuni Las-Vegas (AQSH) shahri mezbonlik qiladigan UFC 320 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Menimcha, uning qo'lidan hech narsa kelmaydi. U keksayib qolgan, kun botmoqda. U pul ishlash uchun oktagonga chiqadi. Quyoshi botishiga oz qoldi", - dedi Ankalaev jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Eslatib o'tamiz, Ankalaev va Pereyra o'rtasidagi birinchi jang 2025 yil 9 mart kuni UFC 313 turnirida bo'lib o'tgandi. O'shanda to'liq besh raund davom etgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan Magomed g'alaba qozongandi. Bu Pereyra uchun yarim og'ir vaznga o'tganidan beri birinchi mag'lubiyati bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar