14 may 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qaroqchi" SHara Bulletning navbatdagi jangi ham tasdiqlandi + POSTER
Rossiyalik o'rta vazn toifasidagi taniqli aralash yakkakurash ustasi SHarabutdin Magomedovning navbatdagi jang tafsilotlari malum bo'ldi.
SHara Bullet nomi bilan tanilgan UFC jangchisi 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida kanadalik Mark-Andre Barrioga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu xabarni UFC matbuot xizmati rasman tasdiqladi. Abu-Dabidagi ushbu turnirga "Etihad Arena" mezbonlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Magomedov oxirgi jangini 1 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)da tashkil etilgan UFC Fight Night 250 turniri doirasida britaniyalik Maykl Peyjga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu SHaraning faoliyatidagi ilk mag'lubiyati edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar