So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

10 apr 11:29
Yangiliklar

Tadbirlar

Qarshi IOZMI direktori o'zi o'qigan maktabga kitoblar sovg'a qildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda kitobxonlikka qaratilayotgan yuksak etibor bois, aholi orasida , ayniqsa, yoshlarimizda mutolaa madaniyatini yuksalishiga xizmat qilayotgani ahamiyatlidir.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu xayrli tashabbus tufayli endilikda mansabdor shaxslar, ziyolilar, ishchi xodimlar o'zlari taxsil olgan umumiy o'rta talim maktablariga kitoblar sovg'a qilishmoqda. 

Xususan, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori Normahmat Jalilov ham o'zi tahsil olgan Qamashi tumani Novobod qishlog'idagi 12-umumiy o'rta talim maktabi kutubxonasiga o'zbek milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining sara asarlaridan iborat 100 dona kitob sovg'a qildi. 

- Biz maktabimizda bilim olib, keyinchalik jamiyatimizda, el orasida nafi tegadigan, elda ezoz topgan bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz, - dedi maktab kutubxonachisi SHoira SHodmonova. - Maktabimiz kutubxonasiga jismoniy tarbiya va sportni viloyatimizda rivojlanishida hissa qo'shib kelayotgan, taniqli ustoz-murabbiy, jonkuyar rahbar, Navro'z tantanalari, to'y va sayillarda o'tkaziladigan, milliy sport turimiz bo'lgan kurash davralarini bosh hakam, bosh bakovul sifatida doimo odillik va halollik bilan boshqaradigan Normahmat akaning sara adabiyotlar sovg'a qilishi o'quvchilarimizning kitobga yanada mehr qo'yishi va shu orqali tasavvur olami, dunyo qarashi kengayib, manaviyati shakllanishi bor gap.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing