So’nggi yangiliklar

18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:50Ян Блахович тиззасидан операция қилинди (ФОТО) 0 13:29Мбаппенинг маошидан кўпроқ? Винисиус "Реал" билан янги шартнома бўйича келишувга эришди 0 13:08Жавоҳир Синдаров, Нодирбек Абдусатторов ва бошқа шахмат юлдузлари футбол ўйнашди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

19 mar 08:47
Yangiliklar

Dzyudo

Qarshida “Olimpiya cho'qqilari” musobaqasi bo'lib o'tmoqda + FOTO

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar gimnastika sport maktabining muhtasham sport majmuasida “Olimpiya cho'qqilari” O'zbekiston chempionati start oldi.

Musobaqada respublikamizdagi olimpiya zaxiralari kollejlarida tarbiyalanayotgan, 2004-2005 hamda 2006  yillarda tug'ilgan 140 nafar o'g'il bolalardan iborat yosh dzyudo ustalari ishtirok etishmoqda.

"Olimpiya cho'qqilari"dan joy olgan mazkur chempionatning reglamentiga muvofiq, kecha musobaqaning ilk kuni -42, -46, -50, -55 va -60 kg. vazn toifalarida g'oliblar nomi aniqlandi. 

Unga ko'ra -42 kg. da Hasan Boynazarov (Toshkent v.), -46 kg.da Maqsud Naimov (Jizzax), -50 kg. da Arslonbek Qo'chqorov (Samarqand), -55 kg. da Abdulla Axadullaev (Toshkent sh), -60 kg. Ayitbaev Asadbek (Toshkent v.)lar "Olimpiya cho'qillari" chempioniga aylanishdi. 

Kecha shuningdek, musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Mazkur marosimida Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Rustam Yuldoshev, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xolmatovlar ishtirok etishdi. 

Malumot uchun, bugun -66, -73, -81, -90 hamda +90 kg. vazn toifalarida kuchlilar saralanadi.

Ilhom RAHMONOV Qarshi shahridan tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing