So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

20 mar 10:41
Yangiliklar

Dzyudo

Qashqadaryo dzyudosiga yangi rahbar saylandi + FOTO

Teglar :  DzyudoQashqadaryo
Sir emas, Qashqadaryo viloyati polvonlar yurti bo'lib, kuragi erga tegmagan kurashchilarni tarbiyalab bergan.

Xususan, vohadan turli yillarda nomdor dzyudochilar ham etishib chiqqan. Bu borada kurash elementlarining dzyudoda ham mujassam ekanligi muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ammo, so'nggi yillarda viloyatning dzyudodagi salohiyati biroz pasaygandek bo'ldi. Bu holat bevosita natijalarda aks etdi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati shuni inobatga olgan holda boshqaruvda o'zgarish qilishga jazm etdi.

Bugun ZOOM platformasida O'zbekiston dzyudo federaciyasining navbatdan tashqari onlayn Konferenciyasi o'tkazildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, federaciya mutasaddilari, murabbiy hamda hakamlar ishtirok etishdi. Tadbirni Oybek Kasimov kirish so'zi bilan ochdi.        

"Qashqadaryo viloyati yakkakurash sport turlari, xususan dzyudoda potenciali yuqori hisoblanadi. O'tgan yillar davomida viloyat dzyudochilarining qo'lga kiritgan yutuqlari fikrimni tasdiqlaydi. Lekin so'nggi yillarda natijalar biroz pasayib ketdi. Bundan ham ko'z yuma olmaymiz. Bugungi yig'ilishimizning asosiy sababi ham shu. Barchamizning maqsadimiz – Qashqadaryo dzyudosini ko'tarish, yangi bosqichga olib chiqish. Buning uchun ish ko'zini yaxshi biladigan, muammolarni bartaraf eta oladigan, murabbiy va dzyudochilar bilan samimiy muloqotga kirishadigan rahbarga ehtiyoj seziladi. Bugungi yig'ilishimizning asosiy sababi ham shu. Nomzodi ko'rsatilgan mutaxassisga MOQ rahbariyati katta ishonch bildiryapti. Biz federaciyasining tanlovini qo'llab-quvvatlaymiz", - dedi MOQ bosh kotibi.

SHundan so'ng Qashqadaryo viloyat dzyudo federaciyasi rahbarligiga ko'rsatilgan Narbaev Alisher To'xtaevich nomzodi ovozga qo'yildi. Konferenciya qatnashchilari bir ovozdan Alisher To'xtaevichni O'zbekiston dzyudo federaciyasining Qashqadaryo viloyati bo'limi rahbari etib saylashdi. 

"Avvalo, menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu men uchun sharaf va shu bilan birga zimmamga katta masuliyat ham yuklaydi. Hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev Qashqadaryoga safarlari chog'ida viloyat sportiga ham alohida to'xtalgandilar. Takidlanganidek, Qashqadaryo viloyatida iqtidorlar bisyor. Faqat ularni o'z vaqtida aniqlab, yuzaga chiqarish talab etiladi. Bu jarayon esa bevosita murabbiylarga bog'liq. Vohada talabchan, o'z ishining usta murabbiylari ko'p. Ular bilan birgalikda zimmamizga yuklanayotgan vazifani bajarishga astoydil harakat qilamiz. Bir yoqadan bosh chiqarib, yagona maqsad sari intilsak, ko'zlangan marra va maqsadga erishamiz. Mening bir o'zim hech narsaga erisha olmayman. Bu borada tajribali murabbiylarga suyanaman", - dedi A.Narbaev. 

"Alisher To'xtaevich Mudofaa vaziri o'rinbosari bo'lganliklari uchun temir intizomga qatiy rioya qiladilar. Har bir sohada bo'lgani kabi sportda ham intizom muvaffaqiyatning birinchi omili hisoblanadi. O'ylaymizki, Qashqadaryo dzyudosi Alisher Narbaev boshchiligida qisqa fursatda yana avvalgidek etakchilar qatoriga qaytadi. Bugungi yig'ilishimiz biz vaziyat taqozosi bilan ZOOM platformasida onlayn tarzda bo'lib o'tmoqda. Lekin yaqin kunlarda biz albatta Qashqadaryoga borishni rejaga kiritganmiz. Bevosita voqea joyida viloyatda dzyudoga qaratilayotgan etibor, murabbiy va dzyudochilarni qiynayotgan muammolar bilan yaqindan tanishamiz. Alisher To'xtaevich, yana bir bor sizni tabriklayman va yangi mehnat faoliyatingizga kuch-quvvat tilayman", - deya yangi rahbarga omad tiladi A.Kamilov.   

Konferenciya so'nggida so'zga chiqqanlar Qashqadaryo viloyati dzyudosining ertangi kuni, yangi tayinlangan rahbarning salohiyati haqida iliq fikrlarni bildirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing