So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

11 jan 17:51
Yangiliklar

Tadbirlar

Qashqadaryo viloyati sporti boshlig'i rekord o'rnatdi

Bugun Qarshi shahrida 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 1 km masofaga kichik marafon hamda tosh ko'tarish musobaqalari tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida o'tkazilgan musobaqada dastlab, marafon yugurishida viloyatdagi umumtalim maktablari o'quvchilari, oliy o'quv yurti talabalari, harbiy xizmatchilar, tashkilot va korxonalarning ishchi xodimlaridan jami ikki minga yaqin ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tishdi. 

Tosh ko'tarish bahslari esa o'ziga xos sport bayramiga aylanib ketdi. Bir-biridan kuchlilar o'z mahoratini amalda nomoyon eta boshlashdi. Musobaqa shartiga ko'ra, ikkita 16 kg toshni ikki qo'lda birdaniga kim ko'p ko'tara olish edi. Bunda sportchilar, murabbiylar hamda harbiy xizmatchilar o'zlarini sinovdan o'tkaza boshlashdi. 

Kimdir o'ttiz besh marotaba, kimdir yigirma, yana kimdir o'ttiz marta ko'tara oldi. Eng ko'p ko'targan esa qirqtaga etkazdi. Polvonlarning harakatlarini kuzatib turgan Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Sirojiddin Odilov ham musobaqaga qo'shildi. U boshqalarga o'rnak bo'larli darajada - 16 kg toshni ikkala qo'lda 61 marotaba ko'tarib, musobaqa rekordini o'rnatdi hamda birinchi o'rin g'olibi bo'ldi.

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindorlar Qashqadaryo viloyat hokimligi, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Akbar RAHMONOV tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing