24 dek 15:57
Yangiliklar
Og'ir atletika
"Qatar kubogi"da navbatdagi medallar qo'lga kiritildi
Qatarning Doxa shahri og'ir atletika bo'yicha "10th Qatar Weightlifting Cup" musobaqasi davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida ayollar o'rtasida -63 kg vazn toifasidagi bahslar yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Ziyoda Xudoyqulova dast ko'tarish mashqida 90 kg natija qayd etib, uchinchi o'rinni egalladi. U ikki kurash yakunlariga ko'ra, 200 kg natija bilan yana bir bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, Ziyoda Xudoyqulova qo'lga kiritgan 2 ta bronza medalidan so'ng, O'zbekiston terma jamoasining turnirdagi umumiy medallari soni hozircha 11 taga etdi.

Havola :
Manba : t.me/weightlifting_fed
Fikrlar