12 apr 11:55
Yangiliklar
Qatar terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun Toshkentga keldi FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qatarlik dzyudochilar delegaciyasini O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari kutib olishdi. Bugundan Qatar va O'zbekiston dzyudo terma jamoalarining qo'shma mashg'uloti boshlanadi.
Qatar barcha sport turlarida rivojlanishga intilayotgan, nufuzli musobaqalarga alo darajada mezbonlik qilayotgan nafaqat Osiyoning, balki jahonning ilg'or mamlakati hisoblanadi. Tabiiyki, dzyudoga ham katta etibor qaratilmoqda. SHu yil yanvar oyida Doha shahrida "Masters" seriyasiga kiruvchi musobaqaning ko'tarinki ruhda, jahon talabi darajasida o'tkazilgani ham fikrimizga isbot bo'la oladi.
Malumot uchun, qatarlik dzyudochilar orasida eng yuqori reytingga -66 kg vazn toifasidagi Ayyub Elidrissi ega bo'lib, u ayni paytda 577 ochko bilan 79-pog'onadan joy olgan. -81 kg vazndagi Morad Zemouri 469 ochko bilan 85, 440 ochkoga ega shu vazn toifasidagi Halil Rebahi 89-o'rinni band etgan.
Fikrlar