So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

22 noy 07:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Qayta tayinlangan vazir ishtirokidagi yig'ilishda ustuvor vazifalar belgilab olindi

Teglar :  Adham Ikramov
Davlat rahbarining belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, sport sohasida ham aniq maqsadlarga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi takidlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko'rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo'ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag'ishlangan majlisida barcha sohalar bo'yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan Sport vazirligi mutasaddilari va tarkibiy tuzilmalar xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Davlat rahbarining belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, sport sohasida ham aniq maqsadlarga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi takidlandi.

Jumladan, har bir tuman va shahar kesimida 2024 yil yakunlarini sarhisob qilish va kelgusi 2025 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to'laqonli aks ettirilgan dasturlarni ishlab chiqish lozimligi aytildi.

2025 yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil“ iqtisodiyot yili”, deb elon qilingani munosabati bilan mamlakat jismoniy tarbiya va sport tizimida “Yashil makon” umummilliy dasturini amalga oshirish va energiya tejamkorligi bo'yicha choralarni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

SHuningdek, 2025 yili poytaxtimiz Toshkentda yoshlar o'rtasida o'tadigan Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish, qishki Osiyo o'yinlarida munosib ishtirok etish, 2026 yilda Milan shahrida o'tkaziladigan qishki Olimpiada o'yinlari va Toshkentda o'tkaziladigan Butunjahon SHaxmat olimpiadasi hamda 2028 yili Los Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga aniq reja va strategiyalar bilan munosib ishtirok etish kabi bir qator masalalar yuzasidan tarkibiy tuzilmalarning masul xodimlariga aniq topshiriqlar berildi.

Sohada mavjud resurslardan samarali foydalanish va natijadorlikni oshirish uchun yangi-yangi yo'nalishlar bo'yicha takliflar ishlab chiqish masalasida  vazifalar belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing