24 mar 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Qaytish istagim yo'q edi". Fyuri Mahmudov bilan bo'lajak jang haqida gapirdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ringga qaytishiga munosabat bildirdi.
"Qaytishdan xursandman. Men Tailandga oilam bilan tatil uchun keldim. Bu erga sportdan ketgan inson sifatida kelgandim. Qaytish istagim yo'q edi. Quyosh meni qaytardi. O'zimni juda yaxshi his qilyapman va shunday o'yladim: "bu erda yig'in o'tkazsam, shug'ullansam va jang tashkil etsam... Aynan shunday qildim. Menda qaytish niyati yo'q edi, xursandchilik qilib dam olayotgandim.
Keyin esa quyosh, biroz mashg'ulot va yakunda men katta shartnomaga imzo chekdim. Keyin esa "Tottenxem Xotspur" stadionida jang bo'ladi va buni butun dunyo tomosha qiladi.
Qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar