11 may 09:28
Yangiliklar

Qazaqstan Barysy Grand Slam. Bugun og'ir vaznli dzyudochilarimizdan medal kutamiz
Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining ikkinchi kuni og'ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. Erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78 va +78 kg vaznlarda g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.
Bugun 5 nafar dzyudochi-yigitlarimizga muxlislik qilamiz. Saralash bahslari soat 11:00da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:
-90 kg: Azizbek Avazmurodov — Kim YU CHul (Koreya Respublikasi)
-100 kg: Muhammadali Tangriev — Maks Gregori (Buyuk Britaniya)
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov — Muhsin Malaev (Tojikiston)/ Bakjan Baytas (Qozog'iston)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev — Dai YU-Ming (Xitoy Taypeyi)/ Madi Yedilbaev (Qozog'iston)
+100 kg: Javohir Murodullaev — Ives Ndao (Belgiya)
Fikrlar