So’nggi yangiliklar

18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0

19 mar 17:01
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Farg'onada "Olimpiya cho'qqilari" musobaqalari start oldi

Teglar :  Qilichbozlik
Farg'onada qilichbozlik bo'yicha "Olimpiya cho'qqilari" musobaqalari start oldi

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Olimpiya zaxiralari kollejlarining tarbiyalanuvchilari orasidan yosh iqtidor egalarini saralash, ularning mahoratini o'stirish va milliy terma jamoalarga munosib zahira shakllantirishga xizmat qiluvchi "Olimpiya cho'qqilari" O'zbekiston chempionatining qilichbozlik yo'nalishidagi Respublika musobaqalariga Farg'ona shahri mezbonlik qilmoqda.

Takidlash joizki, ushbu nufuzli turnirga, farg'onaliklar alohida ko'tarinki ruh bilan tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Mazkur musobaqa "COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlagi bo'yicha mashg'ulotlar, musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish talablariga qatiy rioya etgan holda tashkil etildi.

Bugun mazkur turnir doirasida qilichbozlikning shpaga turi bo'yicha respublikamiz viloyatlari hamda Qoraqalpog'istonlik atletlar shaxsiy birinchilik bahslarida o'zaro kuch sinashdi. O'z navbatida ushbu musobaqada jam bo'lgan yosh qilichbolarimiz mamlakat birinchiligi uchun olib borilgan bahslarda o'zlarining bor sport mahoratlarini namoyon etishdi.

Qizg'in va murosaiz kechgan musobaqalar jarayonida qizlar orasida, ayniqsa Buxoro viloyati hamda o'g'il bolalar orasida Toshkent shahri qilichbozlik maktabi shpagachilari tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.

"Olimpiya cho'qqilari" musobaqalarining ilk g'oliblari bilan tanishing.

SHpaga. Qizlar, shaxsiy birinchilik.

1. Xamidova Aziza - Buxoro

2. Karomatova Firuza - Buxoro

3. Kasimova Rada - Toshkent


SHpaga. Yigitlar, shaxsiy birinchilik.

1. Sidikov Muxammad Yusuf - Toshkent

2. G'ofurov SHaxriyor - Toshkent

3. Naimov Sardorbek - Buxoro


O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing