So’nggi yangiliklar

18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0

14 mar 12:17
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Paola va boshqa sportchilarimiz yakkalikda medal qo'lga kirita olishmadi, bugun jamoaviy bahslar tashkil etiladi

Teglar :  Qilichbozlik
SHu kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo'yicha jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

Avvalroq, sablya yo'nalishidagi bahslarda o'zbekistonlik qilichbozlar ham ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik. 

Hozircha musobaqa doirasida yakkalik bellashuvlari yakunlandi. Unga ko'ra, Zaynab Dayibekova saralash (pulka) bahslaridayoq imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Sevinch Ismoilova, shuningdek legioner qilichbozlarimiz Paola Pliego hamda Yana Obvinceva asosiy davradagi ilk janglaridayoq mag'lubiyatga uchrab, yakkalik bahslarida ishtiroklariga yakun yasashdi. 

Malumot o'rnida, pulka bahslarida sportchilar guruhlarga bo'lingan holda 5 ta yoki 6 ta jang o'tkazishadi. Ushbu janglarda yaxshi natija qayd eta olgan sportchilar asosiy davraga yo'l olishadi. Asosiy davra esa olimpiya tizimida tashkil etiladi.

Bugun musobaqa doirasida jamoaviy bellashuvlar tashkil etiladi. O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi qizlarimiz ilk bosqichda Germaniya terma jamoasi bilan to'qnash kelishadi. Agar qilichbozlarimiz ushbu jangni o'z foydalariga hal qila olishsa, keyingi bosqichda ularga Hindiston yoki Vengriya terma jamoalaridan biri raqiblik qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing