So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

11 sen 14:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Qirg'iz Respublikasi prezidenti Akmal Hasanovga avtomobil sovg'a qildi FOTO

Bugun Qirg'iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o'zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashdi.

Mamlakat rahbari qirg'izistonlik Munarbek Seyitbek o'g'lining Parij-2024 Olimpiadada sovrindor bo'lishiga qo'shgan hissasi uchun Akmal Hasanovga Chevrolet Tracker avtomobilini sovg'a qildi.

Japarov o'zbek murabbiyining bu harakati Qirg'iziston va O'zbekiston xalqlarining do'stligi va hamjihatligini ko'rsatib berganini alohida takidlagan.

“Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo'llab-quvvatlab, birdamlik va do'stona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo ko'rdi”, – deya uning so'zlarini keltirmoqda qirg'iz prezidenti matbuot xizmati.

Sadir Japarov Parijdagi olimpiadada o'zbekistonlik sportchilar yuqori natija qayd etganini ham takidlagan. “O'zbekistonda sportga katta etibor qaratilmoqda. Biz sportchilarimizni so'nggi uch yil ichida faol qo'llab-quvvatlay boshladik. Avvallari musobaqalarda ishtirok etish uchun mablag' ajrata olmagan holatlarimiz bo'lgan. Hozir davlat vitaminlar bilan taminlashgacha bo'lgan barcha zarur sharoitlarni yaratyapti”, – degan davlat rahbari.

Akmal Hasanov qo'shni mamlakat rahbariga minnatdorchilik bildirib, Munarbek Seyitbek o'g'lini sport yig'inlarida ko'p marta uchratgani, Parijda hech ikkilanmay uning treneri bo'lishga rozilik bildirganini takidlagan.

Eslatib o'tamiz, qirg'izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o'g'li Parij olimpiadasidagi kumush medali bilan, Qirg'iziston boksi tarixidagi ilk olimpiada sovrindoriga aylangan edi. Uning o'z murabbiyi viza muammosi sababli olimpiadaga bora olmagani sabab, nimchorak, chorak va yarim final janglarida unga Akmal Hasanov sekundantlik qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing