So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

30 iyu 07:56
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bunyod Hasanov U17 yosh toifasida ikki karra jahon chempioni! Yana bir kurashchimizda bronza + FOTO

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U17) o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Yunon-rum kurashi bo'yicha kechayotgan dunyo birinchligining ikkinchi kungi bellashuvlari ham O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. 51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bunyod Hasanov yo'lidan chiqqan barcha raqiblarini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratib, ikki karra jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'ldi. 16 yoshli iqtidor egasi o'tgan yili Greciyada o'tgan jahon chempionatida ham o'zidan kattalar bilan kurashib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.

Bu safar u avvaliga rossiyalik Artyom Tkachenkoni 10:2, 1/4 finalda ukrainalik Denis Kirikni 6:2, 1/2 finalda moldovalik Vadim Tarelungani 10:0, hal qiluvchi final bellashuvida esa mezbonlar vakili Abdurahmon Huseynlini 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Terma jamoamizning 60 kg vazn toifasidagi vakili Sadriddin To'lqinboev 3-o'rin uchun kechgan bahsda ruminiyalik Aleksandru Ilie Lunguni 10:2 hisobida engib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bronza medali uchun gilamga chiqqan qolgan ikki kurashchimiz Afruzbek Ibragimov (45 kg) rossiyalik Arslan Alievga 0:10, Mirjalol SHavkatov (92 kg) esa eronlik Amirreza Mehritalarposhtiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

SHu tariqa, yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Musobaqaning birinchi kuni Abdulaziz Xolmirzaev (80 kg) terma jamoamizga bronza medalini taqdim etgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing