30 noy 08:21
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qirg'iziston terma jamoasining Jahon kubogiga boradigan tarkibi malum
Yunon-rum kurashi bo'yicha Qirg'iziston terma jamoasi 12-18 dekabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida o'tkaziladigan Jahon kubogida ishtirok etadi.
Aslida shu belgilangan sanalarda kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilishi kerak edi. Lekin pandemik vaziyat sabab Birlashgan kurash dunyosi (UWW) yilning asosiy musobaqasini bekor qilib, o'rniga Jahon kubogi o'tkazilishini taminlagandi.
Qirg'iziston terma jamoasi bo'lajak musobaqada 9 nafar kurashchi bilan ishtirok etadi. Jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etmaydi.
Terma jamoa tarkibi:
55 kg - Balbay Dordokov
60 kg - Jolaman SHarshenbekov
63 kg - Kali Sulaymanov
67 kg - Xalmurat Ibragimov
72 kg - Ruslan Carev
77 kg - Akjol Maxmudov
82 kg - Kayrat Tugolbaev
87 kg - Atabek Azizbekov
97 kg - Uzur Jusupbekov
Bosh murabbiy - Azat Erkimbaev
Katta murabbiy - Ulukbek Karacholokov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar