16 may 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Qirg'izistonda MMA jangchisi fojiali tarzda vafot etdi
Aralash yakka kurash ustasi Medet Jeenaliev Issiqko'lda kichik yoshdagi qizni qutqarayotgan paytda cho'kib ketgan.
Fojia chorshanba kuni kechqurun sodir bo'lgan.
Maktab o'quvchisi ko'ldagi kuchli to'lqinlar tufayli cho'kib keta boshlagan. Jeenaliev va uning do'sti yordamga oshiqqan va qizchani qutqarib qolgan, ammo sportchining o'zi suvdan chiqa olmagan.
Sog'liqni saqlash vazirligi Sputnik.kg agentligiga g'avvoslar jasadni topib, o'likxonaga topshirganini malum qildi. Jeenaliev 30 yoshda edi. U MMAdagi faoliyati davomida 4 ta jang o'tkazib, ikkitadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgandi.

Havola :
Manba : sputnik.kg
Fikrlar