23 noy 00:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Qirg'izistonlik Miqtibek Oralbay Qatarda nokaut orqali g'alaba qozondi (VIDEO)
Yarim o'rta vazn toifasidagi qirg'izistonlik aralash yakka kurash ustasi Miqtibek Oralbay UFC'dagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
U Qatar poytaxti Doxada o'tkazilayotgan UFC Fight Night 265 turniri doirasida SHveciya vakili Jek Xermansson bilan to'qnash keldi.
Oralbay 3 raundlik jangda raqibini ilk raunddayoq nokautga uchratdi.
Bu holatda Miqtibek ketma-ket ikkinchi jangida g'alabaga erishdi. Endi uning yangi rekordi 15-2-1 ko'rinishida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar