30 mar 14:55
Yangiliklar
Qirg'izistonlik murabbiy Franciya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
U mazkur lavozimda mahalliy mutaxassis Giyorm Jilni almashtirdi.
Endi 1958 yildan beri ilk bor Franciya erkaklar gandbol terma jamoasini xorijiy mutaxassis boshqaradi.
Duyshebaev o'z navbatida Polshaning "Kelce" klubidagi faoliyatini paralell tarzda olib boradi.
Franciya gandbol terma jamoasi dunyoda eng sovrindor termalardan hisoblanadi - mamlakat olti marta jahon chempioni, uch marta Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan.
Talant Duyshebaev - Bishkekda tug'ilgan. Yoshligida avvaliga Rossiyaga, keyin esa Ispaniyaga ko'chib ketgan. SSSR, MDH, Rossiya va Ispaniya terma jamoalarida o'ynagan. Ikki marotaba dunyoning eng yaxshi gandbolchisi sifatida etirof etilgan. 1992 yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. 1993 yilda esa Jahon chempionatida g'olib bo'lgan.
Fikrlar