09 avg 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirg'izistonlik UFC jangchisi: "Hech qachon Xabibning fanati bo'lmaganman, uning uslubi yoqmaydi"
Qirg'izistonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev Xabib Nurmagomedovning uslubini yoqtirmasligi haqida gapirdi.
"Hech qachon uning muxlisi bo'lmaganman. CHunki bizning uslubimiz turlicha. Umuman boshqa-boshqa uslub.
Men zarba beruvchiman, u esa kurashchi. U kurashda juda kuchli. Xabibning uslubi bilan istalgan raqibni mag'lub etish mumkin, ammo menga bunday uslub yoqmaydi.
Islam Maxachevning Dryu Doberga qarshi jangdagi ko'rsatgan chiqishidek bahslarni ko'rishni istamayman. Uch raund kurash. U g'alaba qozondi, lekin bu zerikarli jang edi", - dedi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, kecha UFC 265 turnirida Fiziev Bobbi Grinni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar