14 iyu 13:53
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Qirg'izistonning Olimpiada ochilishidagi bayroqdori malum
Yunon-rum kurashi bo'yicha Qirg'iziston terma jamoasi azosi Atabek Azisbekov mamlakat olimpiya terma jamoasining sardori bo'ladi.
Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov Azisbekovga mamlakat milliy bayrog'ini taqdim etadi. Aynan yunon-rum kurashchi 23 iyul kuni "Milliy" stadionda o'tkaziladigan Tokio Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida Qirg'iziston bayrog'ini stadion uzra olib o'tadi.
Malumot uchun, Atabek Azisbekov yunon-rum kurashi musobaqasining 87 kg vazn toifasidagi bahslarida gilamga chiqadi. London-2012 Olimpiadasida dzyudochi CHingiz Mamedov, 2016 yilgi Rio Olimpiya o'yinlarida bokschi Erkin Adilbek uulu Qirg'ig'iston bayroqdori bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar