26 avg 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirol qaytdi: Uaylder Usikka qarshi jang qilmoqchi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder Aleksandr Usikka qarshi jang qilmoqchi ekanligini malum qildi.
«Usikka qarshi jangimni ko'rishni istaysizlarmi? Men ham istayman! Unga qarshi jang qilmoqchiman. Meni yorqin kelajak kutmoqda. Qirol qaytdi. Mensiz vazn zerikarli bo'lib qoldi. Ko'pchilikning iltimosi uchun ham ringga qaytdim. Uyda keraklicha dam oldim»,-dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder navbatdagi jangini 15 oktyabr kuni Robert Xeleniusga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isports.ua
Fikrlar