So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

04 fev 14:24
Yangiliklar

Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Qishki Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarimizni kuzatish marosimi o'tkazildi

Teglar :  Qishki Olimpiada
Xabaringiz bor, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

Olimpiadada ikki nafar sportchimiz, Misha Ge (figurali uchish) va Komil To'xtaev (tog' chang'isi) bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Janubiy Koreyada o'tkaziladigan qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan delegaciyani kuzatish marosimi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi birinchi vice-prezidenti Oybek Kasimov, MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov, Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchimiz Komil To'xtaev va uning murabbiylari, OAV vakillari ishtirok etdilar. 

"2018 yil o'zbek sporti uchun omadli boshlandi. Futbolchilarimiz Osiyo chempionligini qo'lga kiritdilar, engil atletikachilarimiz ham Erondagi qita birinchiligida oltin medallarni bizga taqdim etdilar. Ammo, shuni alohida qayd etib o'tishimiz kerakki, qishki olimpiada uchun licenziyalarimiz yildan-yilga kamayib ketmoqda. Endi sportning ushbu yo'nalishiga ham alohida etibor qaratiladi. Sportchilar qo'llab-quvvatlanadi. Mazkur o'yinlarda vakillarimizdan medallar kutib qolamiz. Ularga ham huddi yozgi Olimpiada o'yinlardek mukofot puli vada qilinadi. Yigitlarga omad tilaymiz", - dedi MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov. 


SHundan so'ng Olimpiadaning ochilish marosimida Komil To'xtaev O'zbekiston bayroqdori bo'lishi elon qilindi. 

Sportchimiz bundan xursand ekanligini yashira olmadi:

"Bundan judayam xursandman. Menga ushbu o'yinlarga borish uchun sharoit yaratib bergan qishki sport turlari associaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, o'zimga bildirilayotgan ishonchi oqlayman", - dedi u. 


Tadbir davomida MOQ birinchi vice-prezidenti ham so'zga chiqib, sportchimizga omad tiladi:

"Mazkur o'yinlarda xar ikkala sportchimizga omad tilab qolaman. Nasib qilsa, keyingi Olimpiadada bundan ham ko'proq sportchi bilan ishtirok etamiz. Ularni Janubiy Koreyadan yorug' yuz bilan qaytishlariga tilakdoshman. O'zbekistonda to'rtta qishki sport turlari bo'yicha to'rtta mustaqil federaciyalar tashkil etilmoqda. Xokkey, figurali uchish, tog' chang'isi va snoubord hamda kyorling federaciyalari o'z ishini boshlagach, qishki sport turlarini rivojlantirish uchun yaxshigina turtki bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Oybek Kasimov.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi ham bundan buyon qishki sport turlariga etibor kuchayishini qayd etdi:

"O'zbekistonda qishki sport turlariga yaqin-yaqindan qiziqish kuchaydi. Mana, Toshkent shahrida katta muz saroyi qurilmoqda. Undan tashqari Respublikamizning tog'li xududlarida, shu jumladan, Kitob, Yangiobod, Zomin va Namanganda qishki sport turlari uchun mo'ljallangan baza yaratiladi. SHu bilan birga, qurilgan bazalarda texnik tomonlama faoliyat yuritadigan mutaxassislarni ham tayyorlash bo'yicha ish olib borilmoqda. Janubiy Koreyadagi Olimpiadada, shuningdek, Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimizga omad tilayman", - dedi Rustam Qurbonov. 

Qayd etib o'tishimiz lozimki, qishki Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizdan tashqari hakamimiz ham ishtirok etadi. Figurali uchish bo'yicha Xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova o'yinlarda hakamlik vazifasini bajaradi. Tadbir davomida hakamimiz ham so'zga chiqib, Olimpiya o'yinlarida ishlash baxti nasib etganligidan xursand ekanligini, o'z navbatida bu katta masuliyat yuklashini takidlab o'tdi.

Malumot uchun, Misha Ge 2017 yil Xelsinki (Finlyandiya)da figurali uchish bo'yicha o'tgan jaxon chempionatida Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Komil To'xtaev esa Italiyadagi xalqaro musobaqada Pxyonchxan yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

SHuningdek, 8-18 mart kunlari esa Paralimpiya o'yinlari ham o'tkaziladi. Yoqutxon Xolbekova Paralimpiya bahslarida chang'i poygalarida startga chiqadi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing